29/04/2025

Rasmiy munosabat

Biz “UzAuto Motors” AJning rasmiy dileri xisoblanamiz! Xalqaro amaliyotga muvofiq, diler ishlab chiqaruvchidan avtomobillarni sotib olib, keyinchalik ularni mijozlarga realizatsiya qilish huquqiga ega. Hozirda ushbu mexanizmni amalda qo‘llash bo‘yicha sinov o‘tkazilmoqda.

Xususan, dilerlik markazi tomonidan “UzAutoMotors” AJ zavodida ishlab chiqarilgan Damas, Labo, Chevrolet Cobalt, Onix va Tracker avtomobillari partiyalari (har biri partiya 12-50 dona avtomobildan iborat) 100 foiz oldindan to‘lov asosida xarid qilinib, keyinchalik diler va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida realizatsiya qilinadi. Barcha shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, biz beradigan shartnomalarda Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan narx bilan bir xil.

Biz tomondan tuzilayotgan shartnomalar real vaqt rejimida shartnoma tuzilgan avtomobillarni yetkazib berish muddatlariga taʼsir ko‘rsatmaydi. Shuni taʼkidlash kerakki, mavjud avtomobillar haqidagi barcha maʼlumotlar bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda eʼlon qilinadi va ular “UzAuto Motors” AJ ijtimoiy tarmoq sahifalari bilan kollaboratsiya qilinadi.