10/09/2026     35     Yangiliklar

UzAuto Motors Chevrolet’ning O‘zbekistondagi ilk gibrid avtomobili sotuvini boshlaydi

UzAuto Motors Chevrolet’ning O‘zbekistondagi ilk  gibrid avtomobili sotuvini boshlaydi

UzAuto Motors avtomobil ixlosmandlarining talab va istaklarini inobatga olib, O‘zbekistonda ilk bor gibrid avtomobili Chevrolet Equinox PHEV krossoveri sotuvi boshlanishini e’lon qiladi. Modelning sotuvga chiqarilishi mahalliy bozorda Chevrolet brendining birinchi gibrid (PHEV) avtomobili taqdim etilganini anglatadi.

Avtomobil xaridorlarga Activ 80KM va Activ 120KM komplektatsiyalarida taqdim etiladi.

Yangi Chevrolet Equinox PHEV oddiy gibrid avtomobil emas. U tashqi elektr tarmog‘idan quvvatlanuvchi (Plug-in Hybrid Electric Vehicle) tizimga ega. Tizim kundalik safarlarning aksariyatini faqat elektr quvvatida amalga oshirish imkonini beradi. Benzinli dvigatel esa uzoq masofalarga safar qilishda qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Chevrolet Equinox PHEV komplektatsiyasiga qarab 17 va 24 kVt·soat sig‘imli LFP akkumulyatorga ega. Activ 80KM komplektatsiyasi faqat elektr quvvatida 80 km gacha, Activ 120KM komplektatsiyasi esa 120 km gacha masofani bosib o‘tish imkonini beradi. To‘liq quvvatlangan batareya va to‘ldirilgan yoqilg‘i baki bilan avtomobilning umumiy yurish zaxirasi 1 000 km dan oshadi.

Quvvat qurilmasi zamonaviy 1,5 litrli turbo benzin dvigateli, 188 ot kuchiga ega elektromotor va 2 pog‘onali DHT gibrid transmissiyasi uyg‘unligida ishlaydi. Yoqilg‘i tejamkorligini oshiradi, tezkor tezlanish, ravon harakat va yanada qulay boshqaruv bilan ta’minlaydi. 

Mavjud xavfsizlik va haydovchiga yordam berish tizimlari qatoriga adaptiv kruiz-kontrol, avtomatik favqulodda tormozlash tizimi, harakat boʻlagida ushlab turish tizimi, “koʻrinmas” zonalarni monitoring qilish, 360 darajali atrofni koʻrish kamerasi, 6 ta xavfsizlik yostiqchalari hamda yoʻl belgilarini aniqlash tizimi kiradi. Avtomobil, shuningdek, haydovchining diqqatini oshiradigan va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlaydigan qoʻshimcha texnologiyalar bilan jihozlangan.

Interyerda esa 11 dyuymli raqamli qurilmalar paneli, 11 dyuymli sensorli multimedia tizimi, Apple CarPlay, simsiz quvvatlash, panoramali lyuk, old o‘rindiqlarni isitish va ventilyatsiya qilish kabi qulayliklar taqdim etilgan. 

Kuchli “plug-in hybrid” texnologiyasi bilan jihozlangan ushbu model elektr avtomobillarining afzalliklarini ichki yonuv dvigatelining erkinligi bilan uyg‘unlashtirib, mijozlarga bir avtomobilning o‘zida tejamkorlik, uzoq masofa va yuqori unumdorlikni taklif etadi.

Chevrolet Equinox PHEV avtomobilining tavsiya etilgan chakana narxi:

Chevrolet Equinox PHEV Activ 80KM – 463 500 000 so‘m

Chevrolet Equinox PHEV Activ 120KM – 478 500 000 so‘m

Qo‘shimcha ma’lumotlarni UzAuto Motors call-markazidan +998 78 141 7777 telefoni orqali, chevrolet.uz rasmiy sayti hamda Chevrolet’ning rasmiy dilerlik markazlaridan olishingiz mumkin.