17/04/2026     41     Yangiliklar

"UzAuto Motors" AJ SAP Forum 2026 doirasida munosib e’tirof etildi

Toshkent shahrida yilning muhim biznes tadbirlaridan biri bo‘lib o‘tgan SAP Forum 2026 doirasida UzAuto Motors AJ faol ishtirok etib, nufuzli “Excellence in strategic collaboration: Advancing AI and Cloud innovations” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. 

Forum doirasida O‘zbekistonning yirik kompaniyalari vakillari global tajribalar bilan yaqindan tanishib, mijozlar transformatsiyasining amaliy misollarini o‘rgandilar. Ishtirokchilar real vaqt rejimida qaror qabul qilishni tezlashtirish, biznes jarayonlarini optimallashtirish hamda yangi o‘sish imkoniyatlarini shakllantirishga qaratilgan ilg‘or yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, zamonaviy biznes rivojlanishining yangi bosqichini belgilab berayotgan sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalarga alohida e’tibor qaratildi.

UzAuto Motors AJ’ning ushbu yutuqqa erishishi kompaniyada SAP yechimlarini muvaffaqiyatli joriy etgani, olib borilayotgan keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlari, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish borasidagi izchil ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etildi.