20/04/2026     60     Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ komplayens xizmati xodimi “El-yurt faxri” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

“UzAuto Motors” AJ Komplayens xizmati Xavflarni baholash va boshqarish bo‘limi xodimi “Scientific Academy” tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “El-yurt faxri” tanlovi doirasida esdalik nishoni bilan taqdirlandi. 

Mazkur mukofot uning ilmiy-amaliy faoliyati hamda sohani rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasining e’tirofi sifatida topshirildi.

Xodim Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlov doirasida o‘tkazilgan “Ilm-fanni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va xalqaro ilg‘or tajribalar” mavzusidagi konferensiyada ilmiy maqolasi bilan munosib ishtirok etdi.

Mazkur ilmiy ishda korrupsiyaga qarshi kurash tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari atroflicha yoritilib, uning ilmiy-amaliy ahamiyati xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi. 

“UzAuto Motors” AJ jamoasi Niyozbek Boymirzayevni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy tabriklaydi va uning kelgusi faoliyatida yangi ilmiy yutuqlar, professional muvaffaqiyatlar hamda zafarlar tilaydi.