24/10/2025

Rasmiy xabar

Rasmiy xabar

Ayrim Telegram sahifalarida “UzAuto Motors” AJning muayyan bo‘limlari uchun kompyuter texnikasini xarid qilish jarayonidan ayrim xodimlar norozilik bildirganligi haqida ma’lumotlar tarqalgan.

Ma’lum qilamizki, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ushbu murojaatlar kompaniyaning Komplayens xizmati faoliyatini obro‘sizlantirish hamda jamoatchilik orasida asossiz salbiy fikr shakllantirish maqsadida yaratilgan negativ kontent hisoblanadi.

Ta’kidlab oʻtamiz, xarid qilinishi rejalashtirilgan kompyuterlarning konfiguratsiyasi ishlab chiqarish ma’lumotlarining katta hajmini qayta ishlash va tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘linmalar faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilangan. Tanlangan modellar qimmat toifaga kirmaydi va ular ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda “narx-sifat” mutanosibligi asosida tanlab olingan.

Shuningdek, kompaniyaning muhandis-texnik xodimlari o‘z xizmat vazifalarini samarali bajarishlari uchun zarur bo‘lgan barcha texnik vositalar bilan ta’minlanganini qayd etamiz.

Xarid jarayoni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga to‘liq muvofiq ravishda, ochiq elektron savdo maydonchalari orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa jarayonning har bir bosqichida oshkoralik, raqobatbardoshlik va nazoratni ta’minlaydi.

“UzAuto Motors” AJ o‘z faoliyatida samaradorlik, resurslardan oqilona foydalanish va ochiqlik tamoyillariga qat’iy amal qiladi.