11/09/2026 38 Yangiliklar
Cobalt va Damas uchun chegirma yakunlandi, Captiva uchun imkoniyat davom etmoqda!
“UzAuto Motors” AJ Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillari uchun taqdim etilgan 15 mln so‘mgacha chegirma o‘z nihoyasiga yetganligini ma’lum qiladi.
Maxsus taklifdan foydalanib, Chevrolet Cobalt va Damas xarid qilgan barcha mijozlarga tanlov va ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi.
Hozir Chevrolet Captiva avtomobilini 45 mln so‘mgacha chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin. Aksiya 1-noyabrga qadar amal qiladi va taklif doirasida 170 donaga yaqin avtomobil mavjud.
Chevrolet Captiva’ni manfaatli narxda xarid qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. O‘zingizga yaqin rasmiy Chevrolet dileriga murojaat qiling!
Yangi taklif va aksiyalar haqidagi birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun kompaniya rasmiy axborot kanallarini kuzatib boring.


