03/04/2026     7     Yangiliklar

Chevrolet dilerlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2025 yil davomida erishilgan yuqori ko‘rsatkichlar va avtomobillar sotuvidagi natijalarimiz uchun “Driver’s Village” MChJ O‘zbekiston Respublikasidagi barcha dilerlik markazlari orasida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Ushbu yutuq munosabati bilan “UzAutoMotors” AJ tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanganimizdan juda mamnunmiz.

Bu muvaffaqiyat, eng avvalo, bizga ishonch bildirgan siz — qadrli mijozlarimizning hissangizdir! Bizni tanlaganingiz, xizmatlarimizdan foydalanganingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun har biringizga katta rahmat aytamiz.

Biz bundan keyin ham o‘z mijozlarimizga eng yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishda davom etamiz. Ishonchingiz uchun tashakkur!

Hurmat bilan,
“Driver’s Village” MChJ rahbariyati