29/10/2025
Avval xabar qilinganidek, 2025-yil 3-noyabrdan Chevrolet Cobalt avtomobillarining yangi versiyalari sotuvi boshlanadi. Yangi versiyadagi avtomobillarning ko‘rgazma namunalari allaqachon dilerlik markazlariga yetkazib berilgan bo‘lib, mijozlar ular bilan tanishib, xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin.
Chevrolet Cobalt avtomobillariga bo‘lgan yuqori talab va mijozlardan kelib tushayotgan ko‘plab so‘rovlarni inobatga olgan holda, shuningdek, ortiqcha ajiotajning oldini olish maqsadida, “UzAuto Motors” AJ Chevrolet Cobalt avtomobillariga kontraktatsiya jarayoni onlayn tarzda amalga oshirilishini ma’lum qiladi. Onlayn shartnoma tuzish jarayonida Chevrolet Cobalt avtomobillarining barcha komplektatsiyalari, shu jumladan ikkita yangi komplektatsiya ham mavjud bo‘ladi.
2025-yil 3-noyabr soat 10:00 dan boshlab mijozlarga Chevrolet Cobalt uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi va https://uzavtosavdo.uz/ sayti hamda UzAvtoSavdo ilovasi (iOS/Android) orqali amalga oshiriladi.
3-noyabr kuni barcha Chevrolet dilerlik markazlari yopiladi va “UzAuto Motors” savdo tizimidan uziladi.
Shuningdek, e’tiboringizni qaratamiz, onlayn platforma orqali tuzilgan shartnomalarda maxsus QR-kod mavjud bo‘lib, u shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Bunday QR-kodga ega bo‘lmagan shartnomalarga “UzAuto Motors” AJ va Chevrolet rasmiy dilerlari aloqador emas. Mijozlardan diqqatli bo‘lishlarini va shartnoma tuzishda doimo ushbu QR-kod mavjudligini tekshirishlarini so‘raymiz.
Chevrolet Cobalt sotuvi boshlanishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotni +998 (78) 141-77-77 telefon raqami orqali yoki https://chevrolet.uz/ saytidan olishingiz mumkin.
