24/04/2026 50 Yangiliklar
Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlanadi
Hurmatli mijozlar,
“UzAuto Motors” AJ Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiya boshlanishini ma’lum qiladi.
Chevrolet Cobalt avtomobillariga bo‘lgan yuqori talab hamda mijozlardan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, kontraktatsiya jarayoni barcha komplektatsiyalar uchun ochiladi.
2026-yil 28-aprel soat 10:00 dan boshlab barcha mijozlar uchun onlayn shartnomalar ochiladi.
Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomani uzavtosavdo.uz (https://uzavtosavdo.uz/) sayti orqali onlayn rasmiylashtirishingiz yoki o‘zingizga yaqin Chevrolet rasmiy dilerlik markaziga tashrif buyurishingiz mumkin.
Telegram-bot (https://t.me/UzAvtoSavdo_bot) hamda UzAvtoSavdo (iOS/ (https://apps.apple.com/uz/app/uzavtosavdo/id1438093426)Android (https://play.google.com/store/apps/details?id=uzavtosanoat.uz)) mobil ilovasi orqali navbatni kuzatish va mavjud avtomobillar haqida tezkor ma’lumot olish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.
Shuningdek, tuzilgan shartnomalarda maxsus QR-kod (https://t.me/uzautomotorscom/4025) mavjud bo‘lishiga etiboringizni qaratamiz, u shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Bunday QR-kodga (https://t.me/uzautomotorscom/4025) ega bo‘lmagan shartnomalarga “UzAuto Motors” AJ va Chevrolet rasmiy dilerlari aloqador emas. Mijozlardan diqqatli bo‘lishlarini va shartnoma tuzishda doimo ushbu QR-kod (https://t.me/uzautomotorscom/4025) mavjudligini tekshirishlarini so‘raymiz.
Savollar yuzasidan kompaniya Call-markaziga +998 (78) 141-77-77 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni https://chevrolet.uz sayti orqali ham olishingiz mumkin.
